Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:04

OTB O‘zbekistonga kreditning ikkichi qismini berdi


Osiyo Taraqqiyot Banki direktorlar kengashi O‘zbekiston hukumatiga mamlakat ichida yangi yo‘llarni qurish uchun ajratilgan kreditning ikkinchi transhini o‘tkazgani xabar qilinmoqda.

Uzbekreport.com sayti OTBning Toshkentdagi idorasiga tayanib, transh miqdori 240 million yevroni tashkil qilishini xabar qildi. Loyihaning umumiy qiymati 600 million yevroni tashkil etadi.

Mazkur loyihaga kredit berish qarori o‘tgan yilning aprelda qabul qilingan.

Ikkinchi transh 25 yil muddatga berilgani aytilmoqda. Bu muddatning dastlabki besh yili imtiyozli hisoblanib, ustama haqqi LIBOR (London interbank offered rate) xalqaro stavkasi bo‘yicha olinadi.

Mazkur mablag‘ Guzar-Buxoro-Nukus-Boynov avtotrassasining 85 kilometrlik qismini ta‘mirlash uchun sarflanadi. Buning uchun e‘lon qilingan tender natijalari joriy oyda ma‘lum bo‘ladi.
XS
SM
MD
LG