Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 19:53

"O'zbekiston Xalq Harakati" Norovni Qurultoyga taklif etdi


Kelasi hafta Berlinda o‘tkaziladigan “O‘zbekiston Xalq Harakati” qurultoyi tashkilotchilari O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasiga taklifnoma jo‘natib hukumat vakillarini ham anjumanga taklif etishdi.

Xorijdagi o‘zbek muxolif guruhlaridan tashkil topgan O‘XH faollari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norovni 23-24 may kunlari o‘tkazilajak qurultoy mehmoni sifatida ko‘rish istagini bildirishdi.

Janob Norov 24-26 may kunlari amaliy tashrif bilan Germaniya poytaxtida bo‘ladi.

Hyuman Rayts Uotch inson huquqlari tashkiloti Germaniya hukumatini O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov tashrifidan mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash borasida Toshkentga bosim o‘tkazish maqsadida foydalanishga chaqirgdi.
XS
SM
MD
LG