Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:15

Oy tutilganini ko'rdingizmi?


O'y tutilishi, 15 iyun 2011 yil.
O'y tutilishi, 15 iyun 2011 yil.
Kecha so'ngi 100 yillikdagi eng uzoq davom etgan to'liq oy tutilishi sodir bo'ldi. O'yning to'liq tutilgan fazasi 100 daqiqa davom etdi.

Shimoliy Amerika qit'asidan tashqari yer kurrasining har bir joyida kuzatilgan kechagi o'y tutilishini O'zbekistonda ham mahalliy soat bo'yicha tungi 12dan o'tganda kuzatish mumkin bo'ldi. Biroq havoning bulutli bo'lganligi tufayli Toshkent va ko'plab boshqa shaharlarda buning ilojisi bo'lmadi.

Olimlarning hisob-kitobiga ko'ra, keyingi oyning to'liq tutilishi 2141 yili takrorlanadi. 30 yildan keyin O'zbekiston havosi bulutis bo'lsa ajab emas.

Oy tutilishi deb nomlanmish tabiat hosidasi yer kurrasining quyoshdan tushgan soyasi yer atrofida aylanib turuvchi oyni yopishidir.

15 iyun kungi to'liq oy tutilishidan videolavha:



O'zbekistonning ayrim joylarida irim-sirimlarga ishongan odamlar oy tutilganda temir-tunuka idishlarga yog'och dastaklar bilan urushib, shovqin-suron solishadi. "Nega?" deb so'rasang, o'zlari ham aniq javob berisholmaydi. Aziz mushtariy, oy tutilishi bilan bog'liq bo'lgan yana qanday irimlarni bilasiz?
XS
SM
MD
LG