Линклар

Bugun futbol bo'yicha O'zbekistonning 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar terma jamoasi Meksikada o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatining guruh bosqichi doirasida AQSh termasi bilan kuch sinashadi.

Eslatamiz, bugungi o'yin Jahon chempionatining "D" guruhida o'rin olgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining guruh bosqichidagi ikkinchi o'yinidir. Birinchi o'yin Yangi Zenlandiyaga qarshi o'tib, unda o'smirlarimiz yirik 4:1 hisobi bilan mag'lub bo'lishgan edi. Shu bois, bugungi o'yinda g'alaba qozonish o'smirlarimiz uchun o'ta muhim.

AQSh esa, o'z o'rnida birinchi o'yinni Chexiyaga qarshi o'tkazib, unda 3:0 hisobi bilan go'lib bo'lgan edi. 3 ochkoga ega bo'lgan AQSh termasi bugungi o'yinda bor mahoratini ko'rsatishi kutilmoqda. Chunki AQSh uchun 6 ochko "D" guruhida ikkinchi o'rinni olishga bemalol yetishi mumkin.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Yevstafeyevning aytishicha, chempionatdagi ikkinchi o'yinda o'zbekistonliklar g'alaba qozonish uchun bor kuchini ishlatadi.

- Birinchi o'yinda hohlaganimizdek yaxhsi o'yin ko'rsata olmadik. Yigitlarimiz bir qator hatolarga yo'l qo'yishdi. Ikkinchi o'yinda esa ga'laba qozonishimiz shart. Uning uchun o'yinchilarimiz o'z hayajonini chetga surib, bor e'tiborini o'yinga qaratishi lozim, - deydi murabbiy Yevstafeyev FIFA saytiga bergan intervyusida.

"Yosh to'lqin" tahririyati O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga bugungi o'yinda omad yor bo'lishini tilab qoladi!

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG