Линклар

O'yinoldi mulohazalar: O'zbekiston - Yangi Zenlandiya


Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi (U17) mashg'ulot vaqtida.

Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi (U17) mashg'ulot vaqtida.

Bugun futbol bo'yicha O'zbekistonning 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar terma jamoasi Meksikada o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatining guruh bosqichlari doirasida Yangi Zenlandiya termasi bilan kuch sinashadi.

Eslatamiz, O'zbekiston va Yangi Zenlandiya o'rtasidagi bugungi o'yin musobaqaning "D" guruhidagi ochilish o'yinidir. Kecha, "A" va "B" guruhlaridagi terma jamoalar kuch sinashdi.

O'yin oldidan muloxazalar

Mutahassislarning aytishicha, bugun biz juda ham qiziq va shiddatli hujumlarga boy o'yin guvohi bo'lamiz, chunki ikkala jamoa ham yuqori darajada o'yin ko'rsata oladi.

Yangi Zenlandiya termasining 5-chi marotaba U17 (17 yoshgacha) Jahon chempionatida qatnashishi va Okeaniyaning saralsh o'yinlaridagi ko'rsatgan mahorati albatta bugungi o'yinda ham namoyon etilishi kutilmoqda.

U16 Jahon chempionatida ko'rsatgan sifatli o'yini va Meksikaga jo'nashdan oldin o'tkazilgan tayyorgarliklar O'zbekiston o'smirlar terma jamoasini ham bugungi o'yinga to'liq tayyorligini ko'rsatadi

Murabbiy nima deydi?

- Biz bugungi o'yinda oz kuchimizni va nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsatishni maqdan qilganmiz. Birinchi o'yin albatta qiyin bo'ladi va kelgusi o'yinlarga o'z tasirini ko'rsatmay qolmaydi. Shuning uchun biz bugun iloji boricha raqib ustidan g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Biz qarib haqida juda ham ko'p ma'lumot to'pladik va ularni o'rgandik. O'ylaymanki bugungi o'yinda bizning o'yinchilarimiz mashg'ulotlar davomida to'plagan kuchini va mahoratini ishga solib, g'alabani qo'lga kiritishadi, - deydi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Yevstafeyev FIFA veb-saytiga bergan intervyusida.

O'yin oldidan videolavha

O'zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot kotibi Sanjar Rizayev Meksikadagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining mashg'ulotlari haqida tayyorlagan videolavhasini tamosha qiling.



"Yosh to'lqin" tahririyati Meksikadagi futbolchi o'smirlarimizga omad tilab qoladi.
XS
SM
MD
LG