Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:23

Ozarbayjonda jurnalist ozodlikga chiqdi


Ozod etilgan jurnalist Eynulla Fathullayev o'z yaqinlari bilan ko'rishmoqda.
Ozod etilgan jurnalist Eynulla Fathullayev o'z yaqinlari bilan ko'rishmoqda.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning farmoniga binoan jurnalist Eynulla Fatullayev qamoqdan ozod qilindi. Jurnalist bilan bir qatorda yana 89 mahbus avf etildi.

“Real Ozarbayjon” gazetasining bosh muharriri Eynulla Fatullayev tuhmatchilikda, terror huruji bilan tahdid qilganlikda, milliy nizo qo‘zg‘ashda va boshqa bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib 2007 yilning oktabrida
8 yarim yilga qamalgan edi.

2009 yilning dekabrida esa, Fatullayev ustidan yangi ish ochilgan, bu gal u narkotik moddalar saqlashda ayblangan edi.

2010 yilning aprelida Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Fatullayevni zudlik bilan ozodlikka chiqarish va unga 28 ming yevro tovon puli to‘lash to‘g‘risida qaror chiqargan.
XS
SM
MD
LG