Линклар

logo-print

Ozarbayjonliklar Yevrovideniye g‘olibligini nishonlamoqda


Ozarbayjonlik Eldor Gasimov va Nigor Jamol - Yevrovidenie 2011 g'oliblari.

Ozarbayjonlik Eldor Gasimov va Nigor Jamol - Yevrovidenie 2011 g'oliblari.

Ozarbayjonliklar mamlakat Yevrovideniye qo‘shiq tanlovining ilk bor g‘olibi bo‘lganini nishonlamoqda.

Yakshanbaga o‘tar kechasi poytaxt Bokuda minglab ozarbayjonlik sahnada Ell va Nikki nomi bilan tanilgan, Eldor Gasimov va Nigor Jamolning 2011 yilgi Yevrovideniye g‘olibi deb e‘lon qilinganini tantana bilan nishonladi.

43 davlat qo‘shiqchilari ishtirok etgan va 100 million odam tomosha qilgan konkursda Ell va Nikki ingliz tilidagi "'Running Scared'" qo‘shig‘ini ijro etdilar.



Bokudagi tomoshabinlardan biri Uzeir Huseynov bu Ozarbayjon uchun ajoyib g‘alaba bo‘lganini aytdi.

- Men Nigor va Eldorni ushbu ajoyib kun bilan tabriklayman! Men butun Ozarbayjon xalqini ushbu g‘aroyib bayram bilan qutlayman. Ha, biz eng yaxshi ijrochi bo‘ldik! Biz boshidanoq oldinda bordik va g‘alabaga erishdik, - dedi Uzeir Huseynov.

Eldor Gasimov va Nigor Jamol birinchi o‘rinni egallagani uchun 2012 yilgi Yevrovideniye qo‘shiq tanlovi Ozarbayjonda o‘tkaziladi.

56-Yevrovideniye qo‘shiq tanlovida ikkinchi o‘rinni Italiya, uchinchi o‘rinni Shvyesiya egalladi.

Bakuliklar Ell va Nikki g'alabasini nishonlashmoqda


XS
SM
MD
LG