Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:13

O‘zbek bokschisi chempionlik kamarini himoya qiladi


O‘zbekistonlik bokschi, yengil vazn toifasidagi jahon chempioni Alisher Rahimov 26 mart kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida chempionlik kamarlari himoya qiladi.

Bu haqda Ozodlikga musobaqa tashkilotchisi “Kostya Szyu boks Akademiyasi” rasmiy vakili Marina Meboduri xabar berdi.

- Bu jahon chempionligi unvoni uchun jang bo‘lib, unda argentinalik Xaver Marsel va yagona rossiyalik o‘rta vazndagi jahon chempioni Dmitriy Pirog uchrashadi. Bundan tashqari o‘tkaziladigan yana beshta janglardan birida yengil vazndagi WBC International kamari sohibi o‘zbekistonlik Alisher Rahimov rossiyalik Rustam Nugayev bilan ringga tushib o‘zining chempionlik unvonini himoya qiladi,- dedi Kostya Szyu boks akademiyasi vakilasi.

Hozirda Nijniy Tagilda yashayotgan 33 yoshli urganchlik “Ali” laqabi bilan janglarda ishtirok etayotgan Alisher Rahimov professional ringda 21 jang o‘tkazgan va barchasini g'alaba bilan yankunlagan. 11tasida esa jang nokaut bilan tugagan.

Alisher Rahimov yengil vazn toifasi bo'yicha jahon reytingida 93 o'rinda. 26 mart kuni unga raqib bo'lishga tayyorlanayotgan "Mangus" laqabli Rustam Nugayev esa shu reytinga 80 o'rinni egallaydi.

Alisher Rahimovning mashg'uloti videosini tamosha qiling:



Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 26 mart kuni bo'lib o'tadigan ushbu jangga chiptalarni bu yerda sotib olishingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG