Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:27

O‘zbek chegarachilari e‘tiroz bildirdi


O‘zbekistonning qo‘shni respublikalar bilan chegaralarida noxush voqealar tez-tez ro‘y berib turadi.
O‘zbekistonning qo‘shni respublikalar bilan chegaralarida noxush voqealar tez-tez ro‘y berib turadi.
Tojikistonlik chegarachilar O‘zbekiston hududiga bostirib kirib, provokatsiyalar uyushtirmoqda. O‘zbekiston MXX Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasiga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi bir nechta chegara hududlarida tojikistonlik chegarachilar kontrabandachilarga homiylik qilib, O‘zbekiston hududiga bostirib kirmoqda.

O‘zbekiston MXX Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi tarqatgan press-relizni Regnum axborot agentligi e‘lon qildi. Unda aytilishicha, joriy yilning 2 aprelida 15 nafar qurollangan tojikistonlik chegarachilar Jizzax viloyatining Zomin tumaniga bostirib kirib, kontrabandachilar yo‘lini to‘sishga harakat qilgan o‘zbekistonlik chegarachilar naryadini qo‘lga olishga harakat qilgan.

Rasmiy xabarnomada tojik chegarachilarining boshqa g‘ayriqonuniy hatti-harakatlari ham keltiriladi.

“2011 yilning 4 aprelida Namangan viloyatining Pungon tumanida ikki nafar qurollangan tojikistonlik chegarachi (sport kiyimida, bosh kiyimsiz) ikki nafar kontrabandachi bilan davlat chegarasini buzgan holda O‘zbekiston hududiga 15 metr bostirib kirgan. Ular qurol o‘qtalgan holda O‘zbekiston chegarachilari olib qo‘ygan kontrabanda yonilg‘i mahsulotlarini qaytarib berishni talab qilganlar. O‘zbek chegarachilarining qo‘shimcha kuchlari kelayotganini sezgandan so‘ng, ular Tojikiston hududiga o‘tib ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan”, deyiladi O‘zbekiston MXX press-relizida.

Xabarga ko‘ra, o‘zbekistonlik chegarachilarning og‘ir-bosiqligi tufayli voqealarning fojiaviy oqibati oldi olingan va Tojikiston tomoni bu holatlar bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan kechirim so‘ragan.

Tojikiston Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Xushnud Rahmatullayev Ozodlik bilan suhbatda bu voqealar yuzasidan O‘zbekiston rasman e‘tiroz bildirmaganini bayon qildi. Matbuot xizmati rahbari mazkur holatlar sodir bo‘lgani yoki bo‘lmagani obdon o‘rganilgandan so‘ng, bu haqda qo‘shimcha xabar berishini aytdi.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi chegar hudularida munozarali voqealar tez-tez sodir bo‘lib turadi.

Xususan, o‘tgan yilning 15 oktabr kuni Tojikistonning So‘g‘d viloyati Spitamen tumanida istiqomat qiluvchi Tojikiston fuqarosi o‘zbek chegarachisi tomonidan o‘qqa tutilgan edi. Voqeada yaralangan tojikistonlik kasalxonaga yotqizilgan edi.

Undan bir oy oldin ham Tojikistonning Zafarobod tumanidagi chegara postida o‘zbek chegarachisi tojikistonlik fuqaroni avtomatdan otib yarador qilgan edi.

Fevral oyida esa tojik chegarachilari Xovos chegara postida turgan o‘zbek chegarachisini avtomatdan otib yaralagan.

2010 yilning yanvar oyida Panjakentning Sarazm qishlog‘i yonidagi postda o‘zbek chegarachilari tojik chegarachisiga avtomatdan o‘t ochib, yarador qilgan.
XS
SM
MD
LG