Линклар

O‘zbek chegarachilari qozog‘istonlik narkokurerlarni ushladi


Afghanistan – drug capsules containing heroin were swallowed by Kinsley, Nigerian drug smuggler arrested in Kabul airport, 14Oct2009

Afghanistan – drug capsules containing heroin were swallowed by Kinsley, Nigerian drug smuggler arrested in Kabul airport, 14Oct2009

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida narkotik moddalarni oshqozonida olib o‘tmoqchi bo‘lgan Qozog‘istonning ikki fuqarosini qo‘lga oldi.

12.uz sayti ma‘lumotiga ko‘ra, Afg‘onistondan kelayotgan qozog‘istonliklar O‘zbekiston chegarasidagi nazorat o‘tkazuv punktida o‘zlarini yomon his qilishgan va bojxona tekshiruvi paytida ularning oshqozonida geroin solingan konteynerlar borligini tan olishgan.

Ma‘lum bo‘lishicha, ular kattaligi yong‘oqday keladigan geroinni plastmassa konteynerlariga o‘rab o‘tishgan. Ularning oshqozonidan o‘nlab konteynerlar chiqqan.

Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov-surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
XS
SM
MD
LG