Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:17

O‘zbek chegarachisi tojikistonlik molboqarni yaraladi


Tojikistonning Zafarobod va O‘zbekistonning Sirdaryo tumani chegarasida o‘zbek chegarachisi tojikistonlik molboqarni avtomatdan otib yaraladi.

Zafarobod tuman chegara qo‘shinlari bo‘limidan olingan xabarlarga ko‘ra, 7 fevral kuni ertalab Jomi qishlog‘ida yashovchi Tolib Asrorov O‘zbekiston chegarachilari tomonidan o‘qqa tutilgan.

Ma‘lumotda aytilishicha, Asrorov odatdagidek tojik-o‘zbek chegarasi oldida mol boqib yurgan paytda mollarning biri O‘zbekiston hududiga o‘tib ketgan. Tojikiston fuqarosi molni qaytarish maqsadida chegarani buzgan. Shu payt o‘zbek chegarachisi hech bir ogohlantirishsiz unga qarata o‘q uzgan. Yarador bo‘lgan zafarobodlik ayni paytda kasalxonada davolanmoqda.
XS
SM
MD
LG