Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:29

O‘zbek deputati Rog‘un GESi loyihasidan tashvishda


O‘zbekiston Ekologik harakatining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlar guruhi rahbari Boriy Alixonov Tojikiston energetika va sanoat vaziri Sherali Gulning Rog‘un GESi qurilishi yuzasidan bayonotiga javoban “loyihaning to‘g‘on balandligi va stansiya quvvatiga doir parametrlariga oid barcha tashvishlarimiz saqlanib qoladi”, dedi.

Deputat Alixonovning bu fikri joy olgan maqolasini O‘zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligining “Jahon” axborot agentligi e‘lon qildi.

O‘zbek deputati fikricha, tojik vaziri Rog‘un GESi bo‘yicha xalqaro ekspertiza natijalari e‘lon qilinmay turiboq, uning natijalarini rad etmoqda.

Tojikiston energetika va sanoat vaziri Sherali Gul Rog‘un GESi qurilishi yuzasidan 22 aprel kungi bayonotida stansiyaning texnik parametrlari ekologik ekspertiza o‘tkazilganidan keyin ham o‘zgarishsiz qoladi, degan edi.
XS
SM
MD
LG