Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:28

Lola Xotamova: Karimov bilan ishqiy munosabatda bo‘lmaganman!


O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning matbuot xizmatida ishlagan, o‘zbekistonlik ilk ayol siyosiy sharhlovchi va jurnalist Lola Xotamova, oradan qariyb 20 yil o‘tib, nega birdan ko‘zdan g‘oyib bo‘lgani sabablarini ochiqladi.

Ozodlikka bergan eksklyuziv intervyusida jurnalist Islom Karimov bilan orasida o‘tgan mojarodan so‘ng, avvaliga ishi, so‘ngra esa O‘zbekistonni ham tark etib, AQShga ketganini so‘zlab berdi.

Lola Xotamova hanuz O‘zbekiston fuqarosi ekani, tez-tez vataniga borishi va Islom Karimov vafotidan keyin hokimiyatga kelgan yangi rahbardan faqat yaxshi o‘zgarishlar kutayotganini aytdi.

Shu bilan birga sobiq sovet O‘zbekiston televidenesining betakror yulduzi bo‘lgan bu ayol, bir vaqtlar o‘z yurtida duv-duv tarqalgan mish-mishni mutlaqo inkor qildi - mamlakatning birinchi prezidenti bilan ishqiy munosabatda bo‘lmaganini aytdi.

Quyida Lola Xotamova bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

Лола Хотамова: Каримов билан ишқий муносабатда бўлмаганман!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:28:21 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG