Линклар

Prezident Islom Karimovning fermerlik sohasiga oid yangi farmonidan ana shunday xulosa qilish mumkin.

18 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Fermer xo‘jaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirishda qonunchilikka rioya etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjatda fermerning davlat oldidagi burch va vazifalari qat‘iy belgilab qo‘yilgan.

Agar fermer ijaraga olgan yerida shartnoma shartlarini qo‘pol buzsa, shartnomada ko‘rsatilmagan ekin eksa, past rentabelli xo‘jalik yuritsa davlat sud orqali yerni tortib olishi nazarda tutilgan.

Farmonning boshqa bandlarida tegishli idoralarga uni og‘ishmay bajarish vazifasi yuklatilgan.

Hujjat yuzasidan fikr bildirgan o‘zbekistonlik mutaxassislarga ko‘ra, shu paytgacha ham davlatning kuchli nazorati ostida ishlab kelgan fermerlar atrofidagi ixotaning yanada qalinlashtirilishi jahon bozorida paxta tolasi narxining keskin ortib ketgani bilan bog‘liqdir.
XS
SM
MD
LG