Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:59

O‘zbek futbolchilarining bozori chaqqon bo‘lib bormoqda


O'zbekiston terma jamoasining Qatarda o'tgan Osiyo Kubogi arafasida tushgan surati.
O'zbekiston terma jamoasining Qatarda o'tgan Osiyo Kubogi arafasida tushgan surati.
Qatar poytaxti Doxada 7–29 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan Futbol bo‘yicha 2011 yilgi Osiyo kubogi musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli qatnashganidan keyin Xalqaro futbol federatsiyasi jamoa reytingini 31 pog‘onaga ko‘tardi.

O‘zbekiston terma jamoasi hozirda dunyo futbol reytingida 77-o‘ringa ko‘tarildi.

“Osiyo kubogi musobaqalarida o‘zbekistonlik futbolchilar ko‘pchilikning nazariga tushdi va ularga talab ortib bormoqda”, deb yozdi Sport.ru sayti.

Doxadagi musobaqa tugamasdan O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Shavkat Mullajonovning yangi klubda to‘p surishi ma‘lum bo‘ldi. Mullajonovning Olmaliq jamoasi bilan shartnomasi tugayotgan bir paytda unga Qatarning Al-Ahli klubida o‘ynash haqida taklif berildi. Shavkat Qatar futbol klubida o‘ynaydigan ikkinchi o‘zbekistonlik legioner bo‘ldi.

Hozirgacha Jasur Hasanov Qatarning “Lexviyu” jamoasi safida o‘ynagan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi edi.

Kuni kecha O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Servyer Jeparovning qaysi klubda o‘ynashi ma‘lum bo‘ldi. Servyer Janubiy Koreyaning “Seul” jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Eslatish joizki, bu yilgi futbol mavsumida “Seul” Osiyo chempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etadi. Shu bois Servyer Jeparov o‘zining sobiq jamoasi “Bunyodkor”ga qarshi maydonga tushishi mumkinligi ehtimoldan holi emas.

Ayni paytda Timur Kapadze ham Janubiy Koreyaning “Inchxon Yunayted” jamoasi safiga qo‘shilishga qaror qildi. Janubiy Koreyaning “K” ligasi eng kuchli liga hisoblanadi. “Inchxon Yunayted” o‘tgan yil bu ligada atigi 11-o‘rinni egallagan.

O‘zbekiston terma jamoasining yana bir himoyachisi Anzur Ismoilov Toshkentga qaytganidan keyin uni Xitoyning “Chanchun Yatay” jamoasi o‘z taklif qildi. Oldin bu jamoa tarkibida o‘zbekistonlik futbolchilar Vladimir Shishelov va Sadriddin Abdullayev to‘p surgan.

Qatarda musobaqa tugashi bilan o‘zbekistonlik yosh futbolchilarning bozori chaqqon bo‘lib ketdi. Chet el klublari o‘zbekistonlik o‘yinchilarga katta qiziqish bildirmoqda.

Bu yilgi Osiyo kubogi musobaqasida ko‘pchilik nazariga tushgan asosiy qahramon “Paxtakor” jamoasi o‘yinchisi Odil Ahmedov bo‘ldi.

Hozirda Rossiyaning “Rubin”, “Lokomotiv”, “Dinamo”, Maxachkalaning “Anji”, shuningdek, Saudiya Arabistoni va Qatardagi futbol klublari Odil Ahmedovga katta qiziqish bildirgan. 23 yoshli Ahmedov Osiyo Kubogi musobaqasining barcha oltita o‘yinida ishtirok etib raqib darvozasiga ikki marta to‘p urgan. Uning Qatar milliy jamoasi darvozasiga kiritgan to‘pi, aksar sport nashrlari fikricha, musobaqadagi eng chiroyli gol sifatida e‘tirof qilingan.
XS
SM
MD
LG