Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:55

Stiv Sverdlov: Muhammad Bekjon boshidanoq qamoqda o‘tirmasligi kerak edi


Stiv Sverdlov
Stiv Sverdlov

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro tashkilot Xyuman Rayts Votch tashkilotining Markaziy osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov Muhammad Bekjonning qamoqdan ozod qilinishini olqishlar ekan¸ uning begunox qamalganligini urg‘uladi.

Ozodlik uchun maxsus yozgan maqolasida Sverdlov Muhammad Bekjonni ozod bo‘lganini oshig‘ich hissiyot bilan ifodalaydi:

- Men 18 yil turmada o‘tirgan jurnalist Muhammad Bekjon ozod bo‘ldi, degan satrlarni yozayotganimga hanuz ishonmayman. Dunyoda eng uzun muddat qamoqda o‘tirgan jurnalist ham oxir -oqibat ozod bo‘ldi.

Ikki soatcha avval men uning qizi Oygul bilan gaplashdim. Oygul menga otasining qamoqdan chiqib qarindoshlar davrasida choy ichayotgani aks etgan fotosuratni jo‘natdi. Ozodlik va erkinlik tuyg‘usidan roxatlangan bu oilaning turmadan sal naridagi choyxonada bemalol o‘tirganini ko‘rib ko‘nglim yayradi.

Men uzoq yillar uning qizi Oygul bilan Muhammad Bekjonni qamoqdan ozod qilish yoki hech bo‘lmaganda unga qo‘llanilgan qiynoqlarga barham berish borasida birga ish olib bordim. Bugun birinchi marta Oygulning yengil tortib ho‘rsinganinini eshitdim.

Men va men mansub bo‘lgan tashkilot Muhammad Bekjon ozod bo‘lganini olqishlaydi ammo u boshidanoq qamalmasligi kerak edi. Jurnalist sifatida o‘z vazifasini bajargan Muhammad Bekjonni oilasi bag‘ridan sug‘urib olib o‘g‘irlab ketishdi. O‘ta shafqatsiz tarzda qiynashdi¸ ruxiy bosim qilishdi. Jurnalist bo‘lgani uchun uni 18 yil qamoqqa tiqib qo‘yishdi. 18 yil umri zavol bo‘ldi. Muhammad Bekjon boshiga tushgan qora kunlar 1999 yili Ukrainaga O‘zbekiston MXX guruhi kelib uni o‘g‘irlab ketganidan keyin to bugungacha davom etdi. Toshkent mahkamasi uni 13 yil qamoq jazosiga hukm qildi.

2011 yili ozodlikka chiqishiga bir oy qolganida unga qo‘shimcha ayblar qo‘yilib jazo muddati 4 yilu 8 oyga uzaytirildi. Sabab juda kulgili. Uni kamerasidan tirnoq oladigan kusachka topilgan emish.

Muhammad Bekjon uzoq muddat o‘tirib qamoqdan chiqqan to‘rtinchi siyosiy mahbusdir.

O‘tgan yil avgustida Karimov o‘lganidan so‘ng iqtidorga kelgan Mirziyoev o‘z saylovoldi dasturida adliya tizimlarini isloh qilish va’dasini bergan edi.

Bugun Mirziyoev Muhammad Bekjonning AQShdagi oilasi bag‘riga qaytishiga izn berishi kerak.

Mirziyoev shuningdek qamoqlarda qolayotgan boshqa siyosiy mahbuslarni ham ozod qilib ijobiy o‘zgarishlar tarafdori ekanligini namoyish qilishi kerak.

Siyosiy mahbuslarning qamoqdagi qora kunlariga nuqta qo‘yililishi lozim¸ deya yozadi Xyuman Rayts Votch tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov.

XS
SM
MD
LG