Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:47

O‘zbek sayyohlari Misrga otlanmoqda


Misrdagi xalq g‘alayonlari chog‘ida mamlakat kurortlari qariyb bo‘shab qolgandi.
Misrdagi xalq g‘alayonlari chog‘ida mamlakat kurortlari qariyb bo‘shab qolgandi.
Shu yilning 27 iyunidan 10 sentabrigacha mingdan ortiq o‘zbekistonlik sayyoh Misrda bo‘lib qaytadi.

Bu haqda xabar qilgan Regnum axborot agentligi mazkur vaqt mobaynida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviashirkati tomonidan sakkizta charter reysi amalga oshirilishini qayd etadi.

Ayni paytda Misr rasmiylari mamlakatdagi vaziyat to‘laligicha barqarorlashgani va chet ellik sayyohlar asta-sekinlik bilan Misrga qaytayotganini aytilmoqda.

- Misrning barcha kurortlari va sayohat markazlarida sayyohlar xavfsizligini ta‘minlash bo‘yicha hukumat tomonidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilgan, bunga yaqinda mamlakatimizda bo‘lib qaytgan O‘zbekiston sayohat biznesi vakillarining o‘zlari guvoh bo‘ldilar,- deya iqtibos keltiradi Misrning Toshkentdagi konsuli Ahmad Hamed so‘zlarida Kultura.uz sayti.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning yanvar-fevral oylarida Misrning turli shaharlarida 18 kun davom etgan norozilik namoyishlari natijasida prezident Husni Muborak hokimiyatdan ketgandi, biroq xalq g‘alayonlari mamlakatga kelayotgan sayyohlar oqimi keskin kamayishiga ham sabab bo‘lgandi.

Avvallari Misrga yiliga bir necha million sayyoh tashrif buyurar, bu esa piramidalar mamlakatini jahondagi turizm lideriga aylantirgandi.

Misr rasmiylarining xorijlik sayyohlarni mamlakatga jalb qilish bo‘yicha urinishlariga qaramay, BMT jahon sayohat tashkiloti ma‘lumotlariga ko‘ra, bu yilgi mavsumda Qizil dengiz kurortlaridagi mehmonxonalar 30-40 foizga to‘lishi, Qohira, Luksor, Aleksandriyadagi mehmonxonalar esa nari borsa 20 foizga to‘lishi kutilmoqda.

Mutaxassislarga ko‘ra, sayyohlarni qabul qilish bo‘yicha o‘tgan yilgi darajaga chiqishga (o‘tgan yili esa Misrga 12,7 million sayyoh tashrif buyurgandi) misrliklar faqat 2015 yilga boribgina erishishlari mumkin bo‘ladi.
XS
SM
MD
LG