Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:56

O'zbek shaxmatchilari chempion bo'lishdi


Jo'rabek Khamraqulov, shaxmat bo'yicha xalqaro miqyosidagi sport ustasi (surat Jo'rabekning Facebook saytidagi sahifasidan olindi)
Jo'rabek Khamraqulov, shaxmat bo'yicha xalqaro miqyosidagi sport ustasi (surat Jo'rabekning Facebook saytidagi sahifasidan olindi)

Shaxmat bo'yicha xalqaro miqyosidagi sport ustasi unvoniga ega bo'lgan o'zbekistonlik yosh shaxmatchi Jo'rabek Xamraqulov Bruney-Darussalam sultonligi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tezkor shaxmat musobaqasida chempion bo'ldi.

25-27 fevral kunlari Brunei sultonligining poytaxti Bandar Seri Degavanda bo'lib o'tgan shaxmat musobaqasi Bruney Sultonligi Shaxmat Federatsiyati tarafidan uyushtirildi. Musobaqada bir qator shaxmat ustalari qatnashdi. Tezkor shaxmat bo'yicha ikkinchi o'rinni vetnamlik grandmaster Nguyen An Dung egalladi. Vetnamlik xalqaro miqyosidagi sport ustasi Van Xuy uchinchi, bruneylik shaxmat ustasi Ye Sun Vey va yana bir o'zbekistonlik yosh shaxmatchi Jagongir Voxidovlar esa to'rtinchi bo'lishdi.

Musobaqa doirasida o'tkazilgan blitz-shaxmati bo'yicha bellashuvda esa o'zbekistonlik sportchi Jahongir Voxidov birinchilikni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni esa o'zbekistonlik sport ustasi Jo'rabek Xamraqulov egalladi.

Eslatib o'tamiz, blitz-shaxmatida har bir o'yinga faqat besh minut beriladi.

XS
SM
MD
LG