Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:43

O‘zbek-tojik chegarasida yangi tekshiruv punkti ochildi


Tojikistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh So‘g‘d viloyati Konibodom tumanidan Qo‘qon va O‘shga olib boradigan yo‘lda qurilgan yangi tekshiruv punkti 14 iyun kuni tantanali ravishda ochildi.

Tojikiston bojxona qo‘mitasiga asoslanib Regnum axborot agentligining xabar qilishicha, “Patar” nomli tekshiruv punkti Yevropa Ittifoqi yordamida qurilib, ishga tushirilgan.

Mazkur punktni qurish, jixozlash va boshqa ishlarga qariyb 835 ming yevro sarflangan.

Manbaga ko‘ra, “Patar” tekshiruv punkti ishga tushgani sababli chegaraning shu uchastkasida odamlar qatnovi va yuk tashish ko‘payadi.

Ayni paytda O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi boshqa tekshiruv punktlarining ishi yengillashadi.
XS
SM
MD
LG