Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:59

3600 o‘zbekistonlik ziyoratchi Umradan qaytdi


Bahorgi mavsumda Umra safariga Madina va Makkaga borgan 3600 o‘zbekistonlik ziyoratchi o'z uylariga qaytishdi. Bu haqda O'zbekiston Din ishlari qo‘mitasi xabar bedi.

2011 yilda O‘zbekistondan 6 ming ziyoratchi Umra safariga boradi. Bu haqda bildirgan Din ishlari qo‘mitasiga ko‘ra, Saudiya Arabistonidagi Al-Hidoya qirollik shirkati bilan O‘zbekiston musulmonlar idorasi shartnoma imzolagan.

Shartnomaga muvofiq, bahorda 3600 nafar¸ kuzda esa 2400 nafar ziyoratchi Umra safariga boradi.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi har 50 nafar ziyoratchi uchun bir kishi rahbar qilib tayinlaganini va ziyoratchilarga O‘zbekiston gerbi tushirilgan nimchalar kiygizilganini ma‘lum qildi.

Shuningdek, Toshkent Islom univyersiteti ziyoratchilarga “Umra qo‘llanmasi” kitobchasi va videodiskini taqdim qilgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG