Линклар

O‘zbekiston futbolchilari iordaniyaliklar bilan kuch sinashadi


O'zbekiston terma jamosi yarim himoyachisi Odil Axmedov xitoylik hujumchi Gao Linga bilan to'p uchun kurashnmoqda.

O'zbekiston terma jamosi yarim himoyachisi Odil Axmedov xitoylik hujumchi Gao Linga bilan to'p uchun kurashnmoqda.

Qatar poytaxti Doxada o‘tayotgan 2011 yilgi Osiyo kubogi musobaqalarining “B" guruhida 17 yanvar kuni hal qiluvchi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

Iordaniya terma jamoasi Suriyani 2:1 hisobida yutdi.

Yaponiya jamoasi esa bu yilgi musobaqada muvaffaqiyatsiz ishtirok etgan Saudiya Arabistoni jamoasi darvozasiga beshta javobsiz to‘p yo‘lladi.
Chempionatning to'liq jadvalini bu yerda ko'rishingiz mumkin.

Endi chorak finalda Yaponiya jamoasi musobaqa mezboni qatarlik futbolchilarga qarshi, Iordaniya terma jamoasi o‘zbekistonlik charm to‘p ustalariga qarshi yashil maydonga tushadi.

Ayni paytda o‘zbekistonlik futbol hakami Ravshan Ermatov dunyo bo‘yicha 2010 yilgi eng yaxshi hakamlar orasida ikkinchi o‘rinni oldi.

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi e‘lon qilgan xabarda 2010 yilgi futbol hakamlari orasida birinchi o‘rinni angliyalik Hovard Vebb, uchinchi o‘rinni esa italiyalik Massimo Buzakku egallagan.
XS
SM
MD
LG