Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:10

O‘zbekiston ichkilik kam iste‘mol qilinadigan davlatlar ro‘yxatida


Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa byurosi ma‘lumotiga asoslanib BMT Radiosining xabar qilishicha, Tojikiston, Turkiya va O‘zbekiston spirtli ichimliklar eng kam iste‘mol qilinadigan davlatlardir.

Chexiya va Estoniya esa, JSST ma‘lumotlariga ko‘ra, spirtli ichimliklarni dunyoda eng ko‘p iste‘mol qilinadigan davlat qatoriga kiradi.

Chexiya va Estoniyada voyaga yetgan har bir shaxs yiliga o‘rtacha 14 litr, Tojikiston, Turkiya va O‘zbekistonda esa voyaga yetgan har bir shaxs yiliga o‘rtacha 2 litrdan spirtli ichimlik iste‘mol qilgan.

BMT mutaxassislari global moliyaviy bo‘hronning ichkilikbozlik bilan aloqador o‘lim va jarohat olish hollari o‘rtasida uzviy aloqa borligini ta‘kidlamoqda.

Xususan, Yevropa Ittifoqida ishsizlar sonining uch foizga ko‘paygani oqibatida spirtli ichimliklarni me‘yordan ortiq iste‘mol qilish 28 foizga va ichkilikbozlik bilan bog‘liq o‘lim hollari esa uch foizga ko‘payishiga sabab bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG