Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:19

O‘zbekiston aholisi 28 yarim milliondan oshdi


O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi kecha ma‘lum qilishicha, 2011 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekiston aholisi 28,54 million kishini tashkil qilgan.

Bu haqda xabar qilgan UzDaily.uz nashri sayti ma‘lumotiga ko‘ra, 14,658 million aholi ya‘ni 51,4 foizi shaharda yashaydi.

Tug‘ilish sur‘ati 1,3 promille, ya‘ni 0,13foizga kamaygan, o‘lim holati esa 0,3 promillega ko‘paygan.

Joriy yilning birinchi choragida bir yoshgacha bo‘lgan 1,7 ming bola o‘lgan. Bu yosh bolalar orasida o‘lim holati o‘tgan yilgiga nisbatan 10,7 promillega kamayganini anglatadi.

Joriy yilning yanvar-mart oyilarida 56,7 ming nikoh va 4,4 ming ajralish qayd qilingan.
XS
SM
MD
LG