Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:25

O‘zbekiston amerikalik missionerlarni deportatsiya qildi


O‘zbek mahkamasi amerikaliklarni noqonuniy missionerlik faoliyati bilan shug‘ullanganlikda aybdor deb topdi.

Bu haqda xabar qilgan Regnum agentligi O‘zbekiston huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayangan holda, "amerikaliklar O‘zbekistonda protestant nasroniylikni targ‘ib qilganlari uchun deportatsiya qilingan"ligini yozdi.

Ismi keltirilmagan O‘zbekiston rasmiysiga ko‘ra, Xiton Jon Artur ismli shaxs boshchilik qilgan o‘nga yaqin missionerlar guruhi Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari orasida baptizm g‘oyalarini targ‘ib qilgan.

Aytilishicha, Xiton Jon Artur O‘zbekistonga birinchi marta 2008 yilda Jahon tillari univyersiteti studenti sifatida kelgan. O‘qishni tugatganidan keyin u “Lancaster International Trading Company, Inc”, “Litco”, “Osborne Trading Company, Inc” kabi xorijlik missionerlar, asosan AQSh fuqarolariga viza xizmati ko‘rsatuvchi shirkatlarda ishlagan va missionerlarning O‘zbekistonga kirib kelishiga ko‘maklashgan.

Rasmiy manbaning bildirishicha¸ Xiton Jon Artur “o‘z faoliyati”ni faqat poytaxtda olib bormagan - u bir qancha muddat Shahrisabzda yashagan.

O‘zbekiston mahkamasi ham¸ “Osiyo madaniyati va taraqqiyoti instituti”ning Toshkentdagi vakolatxonasi sobiq o‘qituvchisi Xiton Jon Arturni “Lancaster International Trading Company, Inc”, vakolatxonasi xodimi Erikson Jon Anderson bilan birga mahalliy aholi orasida diniy tashviqot olib borish bilan shug‘ullanganlikda aybdor deb topgan.

Huquq-tartibot idorasidagi manba nomi keltirilgan tashkilotlar boshqa xodimlarining ham shunday faoliyat bilan shug‘ullanganini ma‘lum qilgan.

“Ular orasida Nok Filip Endryu, Mak Donoxyu Patrik Daniyel, Xuberger Daniyel Jozef, Mak Leod Karl Lester ham bor. Ular Yevangeliy cherkovining baptistlar oqimiga mansub bo‘lganlar. Tarbirkor va ingliz tili o‘qituvchisi niqobi ostida ular student yoshlarni protestant diniy ta‘limotiga jalb qilish bo‘yicha qonunga zid ravishda missionerlik bilan shug‘ullanganlar.

E‘tiborga molik tomoni shundaki, barcha xorijliklar o‘zbek tilida mukammal so‘zlashganlar va kundalik hayotda o‘zlarini Jahongir, Husan, Jasur, Doniyor, Farhod va boshqa ismlar bilan atashgan.

O‘zbekiston sudi qaroriga muvofiq yuqorida ismlari zikr qilingan AQSh fuqarolari o‘zlarining g‘ayriqonuniy harakatlari uchun O‘zbekistondan chiqarib yuborildi”, - deydi Regnum axborot agentligiga ma‘lumot bergan O‘zbekiston rasmiysi.
XS
SM
MD
LG