Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:27

O'zbekiston mehmonda g'alabani boy berdi


O'zbekiston terma jamoasi.
O'zbekiston terma jamoasi.
25 mart kuni futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi mehmonda Chernogoriya termasi bilan o'rtoqlik o'yinida kuch sinashgan edi. Qiziqarli vaziyatlarga va shiddatli hujumlarga bo'y bo'lgan o'yinda mezbonlar 1:0 hisobi g'alabani qo'lga kiritishgan edi.

Geynrix, Ahmedov, Jeparov va Hasanov kabi O'zbekiston terma jamoasining bir nechta yetakchi futbolchilari o'yinda qatnashish uchun Chernogoriyaga kelmagani sabab jamoamizning raqiblarga nisbatan kuchsizligi ayrmi vasiyatlarda yaqqol sezilib turdi. O'yinda kiritilgan yagona go'l esa 90 daqiqaning so'ngi soniyalarida Chernogoriya yarim himoyachisi, ayni damda Portigaliyaning Sporting klubida to'p surayotgan Simon Vukchevich tarafidan kiritildi.

Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Chernogoriya hisobni 2:0 ga o'zgartirish uchun qulay vaziyatga ega bo'lgan edi. Biroq chernogoriyalik yosh hujumchisi Fatosh Bechiray tarafidan berilgan zarbani darvozabon Ignatiy Nesterov katta mahorat bilan qaytardi.

Shu o'rinda aytib o'tish joiz, O'zbekiston termasi darvozaboni Nestereov ushbu o'yinda mahorat ko'rsatib, o'yin davomida O'zbekiston darvozasini bir necha bor havfli hujumlardan saqlab qoldi.

Ming marta eshitgandan ko'ra bir marta ko'rgan afzal. Shu maqolga rioya qilgan holda o'yinning eng qiziqarli va hayajonli vaziyatlari jamlangan videoni e'tiboringizga havola etamiz.



Chernogoriya to'glari o'zbekistonliklarga hush kelmagan bo'lsa-da, O'zbekistonda futbolchilarimiz uchun quyosh charaqlab chiqib turdi. 26 mart kuni Toshkentda futbol bo'yicha O'zbekiston va Yaponya olimpiya terma jamoalari o'rtasida o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida O'zbekiston terma jamoasi 1:0 hisobi bilan g'alaba qozondi.

O'yin Yaponiyada yuz bergan zilzila va sunami qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlandi. O'yinga ikkala jamoa ham qora bog'ichlar bilan o'yinga tushishdi.
XS
SM
MD
LG