Линклар

Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha AQSh komissiyasi O‘zbekistonni minglab siyosiy mahbuslarni ozodlikka chiqarishga chaqirdi, deb xabar qildi Amerika ovozi radiosi.

Bu da‘vat 5 yilga qamalgan dissident shoir Yusuf Juma ozodlikka chiqarilganidan so‘ng yangradi.

-Biz Yusuf Jumayevni O‘zbekiston hukumati qamoqdan ozod qilganini olqishlaymiz. Biroq yana minglab o‘zbek o‘zining diniy e‘tiqodi tufayli turmalarda saqlanmoqda. AQSh O‘zbekistonda diniy e‘tiqod erkinligi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanishiga hissa qo‘shish maqsadida Islom Karimovdan ularni ozod qilishni talab qilishda davom etishi lozim, degan Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha AQSh komissiyasi raisi Leonard Leo.

Komissiya bayonotida aytilishicha, mahbuslarga jismoniy azob berish, ularni zo‘rlash, gazniqob kiydirib bo‘g‘ish kabi qiynoq turlari O‘zbekistondagi turmalar uchun muammo bo‘lib qolayotgan ko‘rinishlardir.

2005 yilning mayidan boshlab O‘zbekistonda siyosiy va diniy motivlar bilan qamash holatlari ko‘paygan.

Xalqaro tashkilotlar hisob-kitobicha shu kunda siyosiy va diniy motivlar bilan qamalgan o‘zbekistonliklar soni 10 ming nafardan ortiqdir.
XS
SM
MD
LG