Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:45

O‘zbekiston Fors ko‘rfaziga chiqmoqchi


O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron, Oman va Qatar hukumatlari o‘rtasida 25 aprel kuni Ashxobodda xalqaro transport va tranzit yo‘li yaratish to‘g‘risida davlatlararo kelishuv imzolandi, deb xabar qildi Regnum axborot agentligi.

Hujjat tilga olingan davlatlar tashqi ishlar vazirlari tomonidan imzolandi, kelishuv kuchga kirishi uchun u parlamentlar tasdig‘idan o‘tishi kerak.

Agentlik o‘z xabarida Eron tashqi ishlar vaziri Ali Akbar Solihiyning fikrini ham keltirgan. Solihiyga ko‘ra, 5 davlat o‘rtasida imzolangan kelishuvga binoan yaratilajak xalqaro transport va tranzit yo‘li Markaziy Osiyodan neft mahsulotlarini Fors ko‘rfaziga bojxona cheklovlarisiz tashish imkonini beradi hamda yo‘lovchilar qatnovini osonlashtiradi.
XS
SM
MD
LG