Линклар

logo-print
2010 yilning dekabrida MDH davlat rahbarlari majlisida qabul qilingan “Fuqarolarni davlatlararo qidirish to‘g‘risida”gi xalqaro shartnomaga oradan besh oy o‘tib O‘zbekiston ham qo‘shildi.

Gazeta.uz xabariga ko‘ra, ushbu hujjat jinoiy jazo va sud qarorlarini ijro etishdan qochib yurgan shaxslarni, dom-daraksiz yo‘qolganlarni topish maqsadida o‘zaro hamkorlikni nazarda tutadi.

O‘zbekiston ushbu shartnomaga qo‘shilmasidan avval ham Rossiya bilan Qozog‘iston kabi davlatlar rasmiy Toshkent talab qilgan shaxslarni O‘zbekistonga topshirib kelayotgan edi.

So‘nggi olti oy mobaynida Qozog‘iston to‘rt nafar o‘zbek qochqinini O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi.
XS
SM
MD
LG