Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:14

O‘zbekiston fuqarosi AQShda odam savdosi bilan shug‘ullangani uchun 12 yilga qamaldi


Abrorxo'ja Asqarxo'jayev bo‘yniga olgan ayblovlar orasida xorij fuqarolarini AQShga noqonuniy yo‘l bilan olib kirish aybi ham bor ('Kansas City Star" veb-saytidan olingan surat)
Abrorxo'ja Asqarxo'jayev bo‘yniga olgan ayblovlar orasida xorij fuqarolarini AQShga noqonuniy yo‘l bilan olib kirish aybi ham bor ('Kansas City Star" veb-saytidan olingan surat)
AQSh sudi jinoiy guruhga yetakchili qilgan O‘zbekiston fuqarosini 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Abroxo‘ja Asqarxo‘jayev AQShda odam savdosi, bosqinchilik, immigratsiya qonunlarini qo‘pol ravishda buzganlik va uyushgan jinoiy guruhga a‘zolikda aybdor, deb topildi.

Sud qaroriga ko‘ra, Asqarxo‘jayev jabrlanuvchi tomonga 172 ming AQSh dollari miqdorida pulni to‘lashi ham kerak bo‘ladi.

2009 yilning may oyida AQShda jinoiy guruhga aloqadorlikda gumon qilinib, O‘zbekistonning jami sakkiz nafar fuqarosi qo‘lga olingan edi.

Odam savdosi bilan shug'ullangan jinoiy to'daga yana bir qator o'zbekistonliklar a'zo bo'lishgan. AQSh rasmiylariga ko‘ra, Kanzas shtatining Mishshin shahrida yashab kelgan 22 yashar Nodir Yunusov¸ 21 yashar Rustamjon Shukurov¸ Kanzas shahrida yashovchi 44 yashar Ilhom Fozilov¸ 27 yashar Nodirbek Abdullayev¸ Panama shahrida yashovchi 49 yashar Abduqahhor Azizxo‘jayev va yaqinda AQShni tark etgan 27 yashar Sanjar A‘zamov va 29 yashar Jahongir Qahhorovlar bir moldovalik va uch amerikalik sheriklari ishtirokida odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh tashkil etgan.

Prokurorlar hozirlagan ayblovga ko‘ra, uch shirkatni birlashtirgan jinoiy guruhga Abrorxo‘ja Asqarxo‘jayev asos solgan va 2001 yildan beri asosan odam savdosi bilan bog‘liq jinoiy harakatlarni amalaga oshirib kelgan.

Asqarxo'jayev ustidan o'tgan sud mahkamasini yaqindan yoritgan "Kansas City Star" nashrining yozishicha, sudda Asqarxo'jayevning odam savdosiga aloqador ayblari bilan birga AQSh fuqarosiga mamlakatda doimiy yashash huquqiga ega bo'lish uchun uylangani va O'zbekiston fuqarosidan tahdidlar orqali 5 ming AQSh dollari undirgani isbotlangan.

"Kansas City Star" yozgan xabarga ko'ra, mahkama davomida Abrorxo'ja Asqarxo'jayev o'z advokatlarini unga yordam bermaganlikda ayblagan va sudyani haqorat qiladigan so'zlar aytgan.
XS
SM
MD
LG