Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:30

O‘zbekiston gaz narxini ko‘tardi


O‘zbekiston Qirg‘izistonga sotilayotgan gaz narxini 14 foizga ko‘tardi. Biroq qirg‘iz hukumati aholi uchun gaz narxini ko‘tarmaslikka va‘da bermoqda.

Qirg‘iziston Enregetika vazirligi tarqatgan ma‘lumotda aytilishicha, O‘zbekiston ikkinchi yarim yillikda Qirg‘izistonga sotiladigan gaz narxini 14 foizga, pul hisobida esa 34,4 dollarga qimmatlatgan.

Agar Qirg‘iziston 2011 yilning birinchi olti oyida ming kubometr gazni 243 dollardan sotib olgan bo‘lsa, ikkinchi yarim yillikda 278 dollardan pul to‘laydi.

Qirg‘iziston energetika vazirligiga ko‘ra, narxning ko‘tarilishi oqibatida o‘zbek gazi jam 2 , 5 million dollarga qimmatlagan.

Biroq Qirg‘iziston hukumati aholiga berilayotgan gaz narxini oshirmoqchi emas. Hukumat “Qirg‘izgaz” tashkilotiga 2.5 million dollar mablag‘ni byudjet hisobidan o‘tkazib berishini va shu bilan aholiga beriladigan gaz narxining qimmatlashi oldi olinishini bildirdi.

Energetika vazirligi esa O‘zbekiston har uch oyda gaz narxini oshirayotganini va 2011 yilgacha gax narxi yana ko‘tarilishi mumkinligidan aholini ogohlantirdi.

Asnoda Qirg‘iziston parlamentining ayrim deputatlari yoz mavsumida O‘zbekiston va Qozog‘istonda suv tanqisligi yuzaga kelayotganini esga olishib, qo‘shni davlatlar bilan gaz, chegara va boshqa muammolarni hal etishda bu omildan foydalanish zarurligini ta‘kidlashmoqda.

- Bu kabi muammolarni hal etishda aktual muammo bo‘lib turgan suv masalasidan unumli foydalanishimiz zarur. Qo‘shni davlatlar bizga taaluqli muammoli masalalarni hal qilsa, biz ham ularga suv masalasida yordam ko‘rsatishimiz kerak. Qirg‘izistonning sobiq prezidentlari davridagidek, qo‘shni davlatlarga suvni yashirincha sotilishiga to‘siq qo‘yishimiz lozim, - dedi parlament deputati Baktibek Kalmamatov.

Biroq iqtisodchi olim Ailchi Sariboyev “Siyosatchilar tomonidan masalaning bu tarzda ko‘ndalang qo‘yilishi qo‘shni davlatlar o‘rtasida iqtisodiy urush holatini paydo qiladi”, degan fikrda.

Unga ko‘ra, qo‘shni davlatlarning gaz va neft kabi mahsulotlariga qaram bo‘lgan Qirg‘iziston, o‘z energetik etiyojini barqaror ta‘minlashi uchun eng avvalo O‘zbekiston va Qozog‘iston oldida suv zahiralaridan hamkorlikda foydalanish majburiyatini olishi zarur.

- Bundan tashqari Markaziy Osiyo davlatlari har bir iqtisodiy masalani alohida-alohida muhokama qilmasdan, kompleksli tarzda muhokama qilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Masalani “Sen menga gazni qimmatlatsang, men senga suv bermay qo‘yaman” qabilida hal etishga chaqiriq esa, siyosatchilar darajasining pastligi ifodasidir, -deydi Ayilchi Sariboyev
XS
SM
MD
LG