Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:01

O‘zbekiston gazetalar adadini oshirmoqchi


Uzbekistan - Uzbek newspapers, 03May2010
Uzbekistan - Uzbek newspapers, 03May2010
Kelasi yili O‘zbekistonda bosma nashrlarning adadi bir necha martaga ortishi mumkin va bunga ommaviy axborot vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanadigan yangi kompaniya tuzilishi imkon yaratadi.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori Ro‘zmat Safayevning bu bayonoti to‘g‘risida Regnum agentligi xabar qildi.

Safayevga ko‘ra, davlatga qarashli yangi kompaniya mavjud "Matbuot tarqatuvchi" shirkatiga muqobil tarzda tuziladi va u gazetalarni qayerda o‘tsa o‘sha yerda - katta magazinda ham, non do‘konida ham sotishi mumkin bo‘ladi.

Regnumga ko‘ra, shu kunda hukumat tasarrufidagi “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo”, “Pravda Vostoka” gazetalarining umumiy adadi 100 ming nusxaga ham yetmaydi.

Mustaqillik arafasida birgina “O‘zbekiston adabiyoti va san‘ati” gazetasi 500 ming nusxadan ziyod chop etilar edi.
XS
SM
MD
LG