Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 12:13

O'zbekiston Jahon chempionatida: Raqamlar va faktlar


O'zbekiston terma jamoasi hujumchilari Abbosbek Maxstaliyev va Temur Xakimovlar Chexiya termasi himoyachisi Yidrix Kadulaga qarshi. Torreon shahri, Meksika, 25 iyun 2011 yil.
O'zbekiston terma jamoasi hujumchilari Abbosbek Maxstaliyev va Temur Xakimovlar Chexiya termasi himoyachisi Yidrix Kadulaga qarshi. Torreon shahri, Meksika, 25 iyun 2011 yil.
O'zbek futboli tarixida o'chmas iz qoldirgan O'zbekistonning 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar terma jamoasi Meksikada o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatidan uyga qaytishmoqda.

Jahon chempionatiga birinchi bor chiqishiga qaramasdan, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi musobaqa davomida yuqori saviyadagi o'yin ko'rsatdilar va nimchorak final bosqichigacha yetib bordilar. Kuchli sakkiztalikga kirgan o'smir futbolchilarimiz omadi va mahorati sal yuqori kelgan urugvaylik tengdoshlari tarafidan nimchorak finalda to'xtatilgani haqida xabar bergan edik.

"Yosh to'lqin" tahririyati O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining Meksikada o'tkazgan o'yinlariga oid faktlarni bir joyda jamlashga qaror qildi. Ho'sh, Jahon chempionatida o'smirlarimiz nimalarga erishdilar?

Raqamlar va faktlar:

  • Yosh futbolchilarimiz Meksikada jami bo'lib besh o'yin o'tkazishdi va ularning uchtasida g'alaba qozonib, ikkitasida mag'lubiyatga uchradilar. Terma jamoamiz maydonda jami bo'lib 463 daqiqa faoliyat ko'rsatdi.
  • O'tkazilgan besh o'yinda O'zbekiston terma jamoasi 8 gol urib (1 avtogol), 7 gol o'tqazib yubordi. G'anisher Xolmurodov qo'riqlagan darvoza qarata jami bo'lib 59 marotaba zarba berildi va ularning 23tasi nishongacha yetib bordi. O'smirlarimiz esa raqib darvozasi qarata jami bo'lib 83 marotaba zarba berishdi va ularning 29tasi darvozaga to'g'ri yetib bordi.
  • O'zbekistonlik o'smirlar manfiy -1 (4-5) gollarning nisbiy ko'sratkichi bilan "D" guruhida birinchi o'rinni egallashdi. Bu esa 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati tarixida ikkinchi marotaba yuz berayotgan holdir. Birinchi bo'lib Avstralya terma jamoasi 1987 yili -1 ko'rsatkichi bilan o'z guruhida birinchi o'rinni olgan edi.
  • Qo'polliklarga kelsak. O'zbekiston terma jamoasi besh o'yinda 52 marotaba qo'pollik ishlatdi. Raqiblar esa o'smirlarimizga qarshi o'tkazilgan o'yinlarda 75 marotaba qo'pollik qilishdi.
  • Burchak to'plari bo'yicha esa farq katta emas. Besh o'yinda O'zbekiston terma jamoasi 10 marta, raqiblar esa jamoamizga qarshi 9 marta burchak to'pi tepishgan.
  • Besh o'yinda o'smirlarimiz 16 marta o'yindan tashqari holatda qolishdi. Raqiblarning ofsayd holatda qolishi 6 marta bo'ldi.
  • Kartochkalarga kelsak. Musobaqa davomida yoshlarimiz jami bo'lib 6 marta sariq kartochka oldilar. Raqiblar esa O'zbekistonga qarshi o'yinlarda jami bo'lib 10 sariq va bir qizil kartochka oldilar.
  • To'pni nazoratda ushlab turishda O'zbekiston oqsamoqda. O'tkazilgan besh o'yinda o'smirlarimimz to'pni o'rtacha 47,6% vaqt davomida o'z nazoratida ushlab turishdi. Eng qizig'i shu-ki, uchala g'alabaga erishilgan o'yinda O'zbekiston terma jamoasi raqibga nisbatan to'pni ozroq o'z nazoratida ushlagan. Mag'lubiyatga uchragan o'yinlarda esa o'smirlarimiz to'pni raqibga nisbatan ko'proq nazorat qilishgan.

Ko'rinib turganidek, tajribasi raqiblarga nisbatan oz bo'lgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining ko'rsatkichlari yomon emas. Tajriba esa vaqt bilan, Meksikada o'tayotgan Jahon chempionati singari musobaqalarda qatnashish bilan keladi. Shunday ekan, birinchi bor Jahon chempionatida qatnashib kuchli sakkizlatikga kirgan o'smirlarimizmi bu ko'rsatkich bilan yana bir bor tabriklaymiz.
XS
SM
MD
LG