Линклар

logo-print
Turkiyadagi yig'inda o'quv-mashg'ulot o'yinlarini o'tkazayotgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yig'in doirasidagi so'ngi o'yinda Samaraning "Krilya Sovetov" klubiga 2:1 hisobi bilan mag'lub bo'ldi.

O'yin asosan O'zbekiston terma jamoasi ustunligida o'tgan bo'lsada, o'yinniny birinchi bo'limida raqiblarlar tarafidan amalga oshirilgan tezkor ikki qarshi hujum "Krilya Sovetov" klubiga g'alaba olib keldi. O'yinning ikkinchi yarmining 58-chi daqiqasida Eldor Boymatov hisobni 2:1 qisqartidi. O'yin ohirigacha hisob o'zgarmadi.

Aytib o'tish joiz, o'yinning 50-chi daqiqasida O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Dilyorbek Ermatov raqib jarima maydoni ichida qo'pollik bilan to'xtatilgan edi. Biroq hakam qo'pollikga nisbatan tegishli qaror chiqarmadi. Jarohat tufayli o'yinni davom ettira olmagan Dilyorbek Ermatov zahiradagi Kamoliddin Tojiboyevga almashtirildi.

Turkiyada o'tgan o'quv-mashg'ulot yig'inida O'zbekiston olimpiya jamoasi jami bo'lib 4 ta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Terma jamoamiz uyga ikkita g'alaba, bitta durang va bitta mag'lubiyat bilan qaytmoqda.
XS
SM
MD
LG