Линклар

AQSh prezidenti Barak Obama O‘zbekistonni matbuotga nisbatan repressiv munosabatda qolmoqda, deb qayd etgan.

Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchixonasiga tayanib CA-News nashri bergan xabarga ko‘ra, Matbuot erkinligi kuni munosabati bilan elchixonada o‘tkazilgan tadbirda prezident Barak Obamaning shu mazmundagi bayonoti tarqatilgan.

Unda matbuot erkini bo‘g‘ayotgan davlatlar safida O‘zbekiston va Turkmanistondan tashqari Belorus, Birma, Kuba, Eritreya, Liviya va Shimoliy Koreya davlatlari nomi tilga olingan.

Shuningdek, Barak Obama bayonotida Tunis va Misr kabi davlatlarda yangi elektron ommaviy axborot vositalari fuqarolar uchun so‘z erkinligidan foydalanish haqqini bergan bo‘lsa, 21 asrning bu axborot vositalari repressiv davlatlarda so‘z erkinligini bo‘g‘ish, saralash va unga to‘siq qo‘yish vositasi bo‘lib qolishi mumkinligi ham qayd etilgan.

O‘zbekistonda 21 asr axborot vositasi, deya qayd etilayotgan Facebook, Twitter va boshqa mustaqil elektron nashrlarga esa muttasil ravishda to‘siq qo‘yilishi kuzatiladi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG