Линклар

logo-print

Turkiyada yig'inda bo'lgan O'zbekistonning futbol bo'yicha olimpiya terma jamoasi yana bir o'rtoqlik uchrashuvida yirik 3:0 hisobi bilan g'alaba qozondi. Bu galgi raqib Armanistonning "Banans" klubi bo'ldi. "Banans"ning darvozasini Fozil Musayev, Jasur Xasanov va Zohir Pirimovlar ishg'ol qildilar.

Eslatib o'tamiz, 23 fevral kuni "Banans" klubi bilan bo'lgan o'yin olimpiya terma jamoamizning Turkiyadagi yig'in doirasidagi uchinchi o'yini edi. Bundan oldin O'zbekistonlik futbolchilar Ukrainaning "Shaxter" klubi bilan durang (2:2) o'ynab, Belorusiyaning "Neman" klubi ustidan g'alaba (3:2) qozongan edi.

Turkiyadagi yig'in doirasida so'ngi o'yinni olimpiya terma jamoamiz 24 fevral kuni Rossiyaning "Krilya Sovetov" futbol klibiga qarshi o'tkazadi.

Aytgancha, poytaxtning "Paxtakor" futbol kuni kecha klubi sotib olgan makedoniyalik hujumchi Dushan Savich Turkiyada o'tayotgan yig'inlarda "Banans" klubi tarkibida ko'rikdan o'tayotgan edi.

XS
SM
MD
LG