Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:12

O‘zbekiston o‘nlab energetik loyihalarini o‘zlashtirmoqchi


Buxorodagi ulkan gaz havzalaridan biri.
Buxorodagi ulkan gaz havzalaridan biri.
O‘zbekneftgaz milliy xolding kompaniyasi 2016 yilgacha qiymati 28,6 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan 78 ta invyestitsiya loyihasini amalga oshirishni rejalamoqda.

O‘zbekneftgaz matbuot xizmatiga asoslanib Regnum axborot agentligining xabar qilishicha, shirkat sanoatni rivojlantirish bo‘yicha 2011 - 2015 yillarga mo‘ljallangan dastur doirasida qiymati 9,2 milliard dollarlik 41 ta loyihani ishlab chiqmoqda.

O‘tgan yili O‘zbekistonda 11 ta gaz va 14 ta neft quduqlari qurib bitkazilgan. Beshta yangi neft va gaz havzasi ochilgan hamda 244 kilometr uzunlikdagi gaz quvuri tarmoqlari foydalanishga topshirilgan.

May oyi oxirida O‘zbekneftegaz rahbarlari Yaponiyaning “Marubeni” korporatsiyasining ijroya direktori Shindzi Kavai (Shinji Kawai) boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilib, hamkorlik masalasini muhokama qilgan edi.
XS
SM
MD
LG