Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:11

O‘zbekiston orqali tashilayotgan NATO yuklari 15 foizga oshadi


AQSh Shimoliy Ta‘minot tarmog‘i orqali Afg‘onistondagi NATO kuchlariga borayotgan yuk hajmini 15 foizga oshirish harakatida.

Bu haqda AQShning Quruqlik qo‘shinlari shtabi rahbari o‘rinbosari general-leytenant Mitchell Stivyensonga tayanib Regnum agentligi xabar qildi.

AQSh generaliga ko‘ra, hozir Shimoliy tarmoq orqali Afg‘onistondagi amaliyotlarga qaratilgan noharbiy yuklarning 60 foizi tashilmoqda.

Qolgan 40 foiz miqdordagi yuk esa Pokiston orqali yetkazilmoqda.

AQSh rahbariyati yaqin kelajakda Shimoliy tarmoqdan tashiladigan yuk hajmini 75 foizga yetkazishni rejalamoqda.

NATOga mo‘ljallangan noharbiy yuklarning O‘zbekiston orqali tashilishini amalga oshirayotgan FMN Logistics kompaniyasi 2010 yil ichida jami 2 yarim mingdan ortiq yuk konteynerini Afg‘onistonga yetkazdi.
XS
SM
MD
LG