Линклар

O‘zbekiston parlamentining quyi palatasi Respublika Bosh vaziri hisobotini parlamentda eshitishni nazarda tutgan hujjatni qabul qildi.

Regnum axborot agentligi xabariga ko‘ra, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev deputatlar oldida chiqish qilib, demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni yanada liberallashtirish uchun hukumat tomonidan qanday choralar ko‘rilayotgani, shuningdek, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”da davlat dasturlari qanday amalga oshirilayotgani to‘g‘risida hisobot berishi kerak.

Joriy yil 19 aprel kuni O‘zbekistonda Konstitutsiyaning 78-moddasiga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun kuchga kirdi.

Mazkur o‘zgartishlarga muvofiq, O‘zbekiston parlamentining quyi va yuqori palatalariga mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy dolzarb masalalar bo‘yicha Bosh vazir hisobotini eshitish va uni muhokama qilish vakolati berilgan.
XS
SM
MD
LG