Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:42

O‘zbekiston Pokistonga arzon elektr yetkazib beradi


O‘zbekiston Pokistonga arzon narxda elektr quvvatini yetkazib berish niyatida ekanini ma‘lum qildi. Pokistondagi Assoshieyted Press agentligiga ko‘ra, bu haqda O‘zbekistonning Islomoboddagi elchisi Oybek Orif Usmonov chorshaba kuni bayon qilgan.

Elchi shuningdek, Pokistonda elektr taqchilligi muammosini hal etish uchun Markaziy Osiyo manbalaridan ortiqcha elektr quvvatini olishda yordam berishni va‘da qilgan.

Elatib o‘tamiz, mart oyida Tojikiston Prezidenti Imomali Raxmonni qabul qilgan Islomobod rasmiylari bu mamlakatdan, xususan kelgusida qurilishi aytilayotgan Rog‘un GESidan, elektr quvvati sotib olish niyatlarini bildirgan edi. O‘zbekiston bu bayonotlarga e‘tiroz bildirgan.

Shundan keyin, o‘tgan oyda Pokiston Bosh vaziri Yusuf Rizo G‘iloniy Toshkentga safar qilib, O‘zbekiston rahbariyati bilan energetika sohasida oldi-sotdi qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Eslatish joiz, O‘zbekiston aholisining katta qismi, ayniqsa qish oylarida, elektr taqchilligidan shikoyat qiladi. Ba‘zi mintaqalarda yoz oylarida ham elektr quvvati kuniga bir necha soat beriladi xolos.
XS
SM
MD
LG