Линклар

logo-print
23 iyul kun 2014 yili Braziliyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati saralash o‘yinlari doirasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari Paxtakor markaziy stadionida maydonga tushdi.

O‘yin natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchilar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi gol muallifi Aleksandr Geynrix, ikkinchi golni Marat Bikmayev, uchinchi golni Servyer Jeparov va so‘nggi golni Ulug‘bek Baqoyev kiritdi.

Shu paytgacha O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari besh marotaba kuch sinashishgan va barchasida O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozongan.

Beshta o‘yin natijasiga ko‘ra O‘zbekiston termasining gollar nisbati 22:2.

Gollar va xavfli vaziyatlar videosi tomosha qiling:

XS
SM
MD
LG