Линклар

logo-print
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegara hududlarga qo‘shinlarni tashlamoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Mudofaa vazirligiga tayanib, bir necha agentlik xabar qilmoqda.

Rosbalt agentligiga ko‘ra, O‘zbekiston mart oyidan beri qo‘shni respublika bilan chagaraoldi mintaqalardagi harbiy kuchlar sonini keskin oshirgan. Shu sabadan Qirg‘iziston chegara qo‘shinlari xavfsizlik choralarini kuchaytirgan.

Qirg‘iziston matbuotiga ko‘ra, O‘zbekiston chegaraoldi hududlarga harbiy texnika, jumladan jangovar uchqichlarni hamda dessant qo‘shinlarini tashlagan.

Qirg‘iziston Prezidenti Roza O‘tunbayeva kuch ishlatar idoralar bilan chegarada vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilish uchun yopiq majlis o‘tkazgani aytilmoqda.

Bu xabarni tarqatgan nashrlardan biri Rossiyaning KM.ru agentligi 2010 yilning iyun oyida O‘sh va Jalolobodda etnik to‘qnashuvlarda yuzlab odam halok bo‘lgani hamda xalqaro komissiya jabrlanganlarning asosiy qismi etnik o‘zbeklardir, degan xulosaga kelganini eslatdi.
XS
SM
MD
LG