Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:26

Bugun O‘zbekiston va Qirg‘iziston futbol terma jamoalari bellashadi


O'zbekiston terma jamoasining Qatarda o'tgan Osyio Kubogi arafasidagi mashg'ulotlari.
O'zbekiston terma jamoasining Qatarda o'tgan Osyio Kubogi arafasidagi mashg'ulotlari.
O‘zbekistonning futbol bo‘yicha terma jamoasi 23 iyul kuni Toshkent vaqti bilan kechki soat 7 da Qirg‘iziston terma jamoasi bilan bellashadi.

Toshkentda o'tadigan bugungi uchrashuv 2014 yili Braziliyada bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha Jahon chempionati saralash bosqichlarining ikkinchi raundidir. Eslatamiz, baland reyting tufayli O'zbekiston terma jamoasi birinchi bosqichdan ozod etilgan edi.

Garchi O'zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida Qirg'iziston terma jamoasidan 97 po'gona yuqorida tugan bo'lsada, o'yin O'zbekiston uchun oson bo'lmasligi kutilmoqda. Boisi Rossiya premyer-ligasida to'p surayotgan legionerlarimiz Odil Axmedov va Sanjar Tursunovlar Qirg'izistonga qarshi o'yinga taklif etilmagan.

Bugungi o'yinga qadar ikki davlat terma jamoalari jami bo'lib to'rt marotaba maydonda kuch sinashishgan. Terma jamoalarining bir-biriga qarshi o'tkazgan o'yinlari ko'rsatkichlari O'zbekiston tarafida:

  • 23.08.1992 - O'zbekiston - Qirg'izsiton 3:0. Osiyo Kubogi xalqaro turniri. Toshkent, "Paxtakor" stadioni, 1 ming tamoshabin.
  • 03.10.1992 - Qirg'izsiton - O'zbekiston 2:6. Osiyo Kubogi xalqaro turniri. Bishkek, "Spartak" stadioni, 2 ming tamoshabin
  • 19.04.1994 - O'zbekiston - Qirg'izsiton 3:0. Osiyo Kubogi xalqaro turniri. Toshkent, "Paxtakor" stadioni, 30 ming tamoshabin.
  • 09.03.2007 - O'zbekiston - Qir'giziston 6:0. "Alma-TV" kubogi xalqaro turniri. Shimkent, Kajimukan nomidagi stadion.

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi rasmiy saytida berilgan xabarga ko‘ra, bugun bo‘ladigan uchrashuv uchun "Paxtakor" markaziy maydoni kassalarida sotilayotgan chiptalar narxiga ko‘ra 2 toifaga: 3 ming va 2 ming so‘mlik toifalarga ajratilgan.

Jahon chempionati saralash bosqichining ikkin raund javob o'yini 28 iyul kuni Bishkek shahrida o'tishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG