Линклар

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a‘zo davlatlar davlat rahbarlari kengashining oliy darajali uchrashuvida ishtirok etish uchun Qozog‘iston poytaxti Ostonaga keldi.

Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston a‘zo bo‘lgan ShHT tuzilganiga 15 iyun kuni 10 yil to‘ldi.

Yubiley sammitida, tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan Eron va Pokiston prezidentlari Mahmud Ahmadiynajod va Osif Ali Zardoriy ham ishtirok etadi.

Afg‘oniston prezidenti Hamid Karzay sammitda mehmon sifatida ishtirok etadi.

Rasmiylarga ko‘ra, davlat rahbarlari yalpi majlisdan tashqari o‘zaro ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.
XS
SM
MD
LG