Линклар

logo-print
Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a‘zo davlatlar davlat rahbarlari kengashining 2011 yil 14 – 15 iyun kunlari Ostona shahrida bo‘ladigan majlisida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov ishtirok etishi rasman e‘lon qilindi.

ShHTashkiloti tuzilganiga 10 yil to‘ldi. Ostona shahridagi yubiley sammitida o‘tgan davrdagi tashkilot faoliyat tahlil qilinishi va kelgusi rejalar belgilab olinishi rejalangan.

Yig‘ilishda dunyo va mintaqadagi hozirgi vaziyat bilan bog‘liq keng qamrovli masalalar muhokama etilishi kutilmoqda.

Sammit oxirida o‘n yillik Ostona deklaratsiyasi qabul qilinadi.

Oliy darajali uchrashuv tugaganidan so‘ng Xitoy Xalq Respublikasi Qozog‘iston Respublikasidan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti raisligi vazifasini bir yil muddatga qabul qilib oladi.
XS
SM
MD
LG