Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:28

O‘zbekiston rahbarining Yaponiyaga safari davom etmoqda


Yaponiya Bosh vaziri taklifiga binoan 8 fevral kuni Yaponiyaga rasmiy tashrif bilan borgan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Yaponiya imperatori Akixito, Bosh vazir Naoto Kan, Tashqi ishlar vaziri Seydji Mayexara bilan uchrashdi.

Buni Ozodlikka Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Yoko Tsuda aytdi.

Tsuda Karimov parlament palatalari raislari bilan ham uchrashishini ma‘lum qildi.

- Bugun O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Yaponiya parlamenti Kengashi raisi va Namoyandalar palatasi raisi bilan uchrashadi. Kecha u Yaponiya imperatori va rafiqasi bilan birga tushlik qildi. Bosh vazir Naoto Kan bilan uchrashdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston rahbari Yaponiya Tashqi ishlar vaziri bilan ham uchrashdi, - dedi Yoko Tsuda.

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysiga ko‘ra, 9 fevral kungi muzokaralardan so‘ng prezident Karimov va Yaponiya Bosh vaziri Naoto Kan O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi qo‘shma bayonotni imzolaganlar.

Bundan tashqari, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va tashqi siyosat bo‘yicha Yaponiya hukumati kotibi “Taraqqiyotga rasmiy yordam” dasturi loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum va boshqa hujjatlarni imzolagan.
XS
SM
MD
LG