Линклар

17 may kuni O‘zbekiston prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil" esdalik nishonini ta‘sis etish to‘g‘risidagi farmoni e‘lon qilindi.

Farmonga muvofiq ushbu nishon mamlakat mustaqilligi, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-ta‘lim, madaniy, ma‘naviy solihiyati va mudofaa qudratini mustahkamlash yo‘lida namuna ko‘rsatgan ziyolilar, fan va san‘at arboblari, ishchi va xizmatchilar, tadbirkorlar, fermerlar, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiuvchi idoralar xodimlari taqdirlanadilar.

Shuningdek, ushbu nishon bilan xorij fuqarolari ham taqdirlanishi mumkin.

Esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlangan.
XS
SM
MD
LG