Линклар

logo-print

O'zbekiston-Ruminiya o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi


Quatar - The Uzbekistan team poses for a photo before their 2011 Asian Cup quarter-final soccer match against Jordan at Khalifa stadium in Doha, 21Jan2011

Quatar - The Uzbekistan team poses for a photo before their 2011 Asian Cup quarter-final soccer match against Jordan at Khalifa stadium in Doha, 21Jan2011

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 10 avgust kuniga belgilangan Ruminiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazmaydi. Bu haqda O'zbekiston Futbol Federatsiyasi xabar tarqatdi.

Xabarga ko'ra, Ruminiya va O'zbekiston futbol federatsiyalari o'rtasida o'tgan muzokaralar cho'zilib ketgani sabab o'yin bekor qilindi. O'yin o'tadigan joy borasida bir kelishimga kelolmaslik ikki taraflama muzokaralarning cho'zilishiga sabab bo'lgani aytilmoqda.

O'yin tashkilotchisi hisoblangan FIFA agentlari Ruminiya futbol federatsiyasi bilan bog'lanib, uchrashuvni Avstriya poytaxti Vena shahrida o'tkazishni taklif qilgan edi. Biroq O'zbekiston bunga o'z taklifi - o'rtoqlik uchrashuvini Toshkent shahrida o'tkazish fikri bilan chiqdi. Ruminiya tomonidan rasmiy javobning kelishi biroz cho'zilgani sabab uchrashuv bekor qilindi, deyiladi xabarda.

- Ruminiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish yuzasidan muzokaralar olib bordik. Ular o‘yinni Vyenada, biz esa Toshkentda o‘tkazish taklifi bilan chiqdik. Shu tariqa, yakuniy xulosaga kelish biroz cho‘zilib ketdi. Oxir-oqibat esa bir to‘xtamga kela olmadik va o‘yin amalga oshmaydigan bo‘ldi. Endi Suriya terma jamoasi bilan uchrashuvgacha o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilmaydi, - dedi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov.

Ruminiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi 2014 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasidagi o'yinlar oldidan tayyorgarlik bo'lishi kutalotgan edi. Eslatamiz, 3-saralash bosqichida "o'lim guruhi"dan joy olgan O'zbekiston terma jamoasi bosqichdagi birinchi o'yinni 2 sentabr kuni mehmonda Suriya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
XS
SM
MD
LG