Линклар

Rossiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishlaricha¸ ayni kunlarda Podmoskovedagi magistral yo‘llari bo‘yini O‘zbekiston va Ispaniyadan noqonuniy tarzda olib kelinayotgan yangi tarvuz hosili bosib ketgan.

Bu tarvuzlar¸ sanitariya-gigiyena qoidalariga mutlaqo zid tarzda¸ changli yo‘l bo‘ylarida tilim-tilim qilinganicha sotuvga qo‘yilgan¸ deb xabar qildi "Vesti.ru" nashri.

Rossiyalik mutaxassislar¸ aholini erta pishgan tarvuz iste‘molidan saqlanishga chaqirmoqdalar. Ularga ko‘ra¸ tarvuz tezroq pishishi uchun uni o‘zbekistonlik dehqonlar sellofan plyonka ostida uzoq saqlaganlar va bu qobiq tarvuzda zararli bakteriyalar ko‘payishiga zamin yaratadi.

Rossiyalik ekspertlar¸ ayniqsa¸ katta yo‘l bo‘yida sotilayotgan tarvuzlarni sotib olmaslikka chaqirmoqdalar. Ular o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra¸ bunday tarvuzlarda xlorid¸ sulfat¸ nitrat va fosfat kabi xavfli kimyoviy moddalar borligi aniqlangan.

Hozircha Rossiya rasmiylari¸ O‘zbekistondan tegishli sanitariya va bojxona hujjatlarisiz olib kelinib¸ katta magistal yo‘llar yoqasida sotilayotgan tarvuz tog‘larini yo‘qotish borasida ojiz ekanliklarini tan olmoqdalar.

Bu yil O‘zbekiston bozorlarida qovun-tarvuzlarning sotilishi taqiqlandi va ayrim manbalar bunga ular tarkibidagi zararli kimyoviy moddalar miqdorining nihoyatda balandligi ham sabab bo‘lganini taxmin qilmoqda.
XS
SM
MD
LG