Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:08

O'zbekiston terma jamoasi "D" guruhida


Kecha Meksika poytaxti Mexikoda yozda o'tadigan futbol bo'yicha O'smirlar o'rtasida Jahon chempionatiga (U-17) qur'a tashlandi.

Qur'a natijalariga ko'ra, O'zbekiston o'smirlar termasi "D" guruhida AQSh, Yangi Zenlandiya va Chexiya jamoalariga qarshi to'p suradi.

Ko'pchilik mutahassislarning fikricha, Chexiya va AQSh termalari "D" guruhining yaqqol favorit jamoalaridir. Bu jamoalarga qarshi o'yin O'zbekiston o'smirlar termasi uchun katta sinov bo'lishi kutilmoqda.

2010 yilning Osiyo chempionatida yuqori o'rindan joy olgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 2011 yili Meksikada o'tadigan O'smirlar o'rtasida Jahon chempionatiga yo'llanma olgan edi.
XS
SM
MD
LG