Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:31

O‘zbekiston "Tethys Petroleum" bilan hamkorlik qiladi


Tethys Petroleum Limited shirkati “O‘zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi huzuridagi Geologiya hamda neft va gaz konlari qidiruvi instituti bilan O‘zbekistonning Ustyurt va Buxoro-Xiva mintaqalarida neft qidiruv ishlarini olib borish yuzasidan shartnoma imzoladi.

Regnum agentligiga ko‘ra, imzolangan hujjat asosida neft zahiralari to‘g‘risidagi mavjud ma‘lumotlar tekshiriladi hamda neft va gaz olish mo‘lajllanayotgan maydonlar istiqboliga baho beriladi. O‘tkazilajak tadqiqotlar natijalari asosida O‘zbekiston hukumatiga tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Britaniyaning Tethys Petroleum Limited shirkati O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston va Tojikiston bilan ham hamkorlik qilib kelmoqda, deyiladi Regnum xabarida.
XS
SM
MD
LG